locale OZ

Namangan viloyati hokimi «Navbahor» stadionining holati bilan tanishdi

Bu haqda Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namangan viloyati hokimi «Navbahor» stadionining holati bilan tanishdi
Фото: Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати

"Lochinlar"ning yangi mavsumdagi zafarli o‘yinlariga mos ravishda "Navbahor" markaziy stadionida ham keng ko‘lamli ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari hal qiluvchi pallaga kirdi.

Jarayon bilan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yaqindan tanishdi.

Viloyat rahbari ta'mirdan so‘ng yotqizilgan chimni parvarishlash, sug‘orish tizimini ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga stadion devorlarini hamda klubning asosiy ma'muriy binosini ta'mirlash va qayta jihozlash lozimligini ta'kidladi.

Ta'mirlash ishlarini tezroq yakuniga yetkazish bo‘yicha mas'ullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting