locale OZ

Namangan viloyati hokimi Navbahor stadionida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari bilan tanishdi

Viloyat rahbari chim yotqizish ishlarini sifatli, jahon andozalariga mos ravishda amalga oshirish lozimligini taʼkidladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namangan viloyati hokimi Navbahor stadionida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari bilan tanishdi
photo: Navbahor FK

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Davlatobod tumanidagi o‘rganishlari davomida "Navbahor" markaziy stadionida olib borilayotgan keng ko‘lamli rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdi.

Ayni kunlarda markaziy hamda zahira stadionlarida taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari hal qiluvchi pallaga kirdi.

Viloyat rahbari chim yotqizish ishlarini sifatli, jahon andozalariga mos ravishda amalga oshirish lozimligini taʼkidladi.

Shuningdek, futbolchilar uchun kiyim almashtirish va dush uchun mo‘ljallangan bino ham taʼmirlanmoqda. Eʼtiborlisi, binoning 2-qavati futbolchilarning jismoniy chiniqishlari uchun maxsus jihozlangan zalga aylantirilmoqda. Shu maqsadda tadbirkor tomonidan 45 ta turdagi zamonaviy sport jihozlari (trenajyor) o‘rnatilmoqda. Ushbu mashg‘ulot vositalaridan futbolchilardan bo‘sh vaqtda aholi, xususan, yoshlar ham foydalanishlari ko‘zda tutilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting