locale OZ

Namangan viloyati hokimi «Navbahor» muxlislari bilan uchrashdi

Uy uchrashuvlarida tartibli hamda ko‘tarinki ruhda qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namangan viloyati hokimi «Navbahor» muxlislari bilan uchrashdi
Фото: Навбаҳор ПФК

Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov yangi mavsum oldidan “Navbahor” jamoasi fan-klubi a’zolari hamda faxriy muxlislar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Markaziy” stadionning anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat IIB boshlig‘i Shuxrat Aliyev, “Navbahor” PFK rahbariyati, yoshlar jamoalari murabbiylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida bo‘lajak mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, sevimli jamoamizni safar hamda uy uchrashuvlarida tartibli hamda ko‘tarinki ruhda qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, fan-klub a’zolari va faxriy muxlislar uchun yagona formalarni joriy etish, yangi, jarangdor shiorlarni yaratish,stadionda muxlislik madaniyatiga rioya qilish, yosh avlod o‘rtasida futbolga qiziqishni yanada rivojlantirish singari masalalar yuzasidan viloyat rahbari tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda muxlislar “Navbahor”ning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlari, qo‘lga kiritilgan zafarlar va jamoa avvalgi obro‘sini tiklayotgani borasida mamnuniyat bilan so‘z yuritdilar. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda “Navbahor” yurtimiz futbolida o‘ziga xos brendga aylangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting