Namangan viloyati hokimi Markaziy stadiondagi taʼmirlash ishlari bilan tanishdi
Namangan viloyatida sport infratuzilmasini rivojlantirish, ommaviy sportni qoʻllab-quvvatlash hamda yaqinlashib kelayotgan sport mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida, katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Namangandagi "Markaziy" stadionidagi ishlar ham bundan mustasno emas.
Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov "Markaziy" stadioniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida o'yingohda amalga oshirilayotgan tamirlash ishlari qanday olib borilayotgani ko'zdan kechirilib, "Navbahor"ning asosiy va yoshlar jamoalari yangi mavsumda o'zlari ishtirok etadigan musobaqalarda munosib ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlarni talab darajasida bajarish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Namanganlik futbolsevar muxlislar "Navbahor" jamoamiz ishtirokidagi uy o'yinlarini ko'rish uchun uzoq yo'l bosib, safar qilib qiynalmasliklari, o'zlari uchun jonajon bo'lgan "Markaziy" stadionda turib tomosha qilishlari kerakligi ta'kidlanib, ish jarayoni sur’atini oshirish va mumkin qadar muxlislarni sog'intirib qo'ymaslik topshirig'i berildi.