Namangan futbol akademiyasida hududiy futbol akademiyalari direktorlari uchun seminar tashkil etildi
FOTO: UzbekistanFA
Direktorlar uchun seminar dasturida OFK yulduz olish talablariga oid mavzular, qurilish va rekonstruktsiya ishlari boʻyicha hisobotlar hamda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Sport direktorlari uchun esa bitiruvchi futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturi, iqtidorlarni aniqlash, murabbiylarni baholash va rivojlantirish mezonlari hamda uchrashuvlarning videotahlillari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, U-13 jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Akademiyalar kubogi” musobaqasining tahlili boʻlib oʻtdi.
Seminarda hududiy futbol akademiyalari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha muhim qarorlar qabul qilindi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist