locale OZ

Namangan Futbol Akademiyasi  foydalanishga topshirildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namangan Futbol Akademiyasi  foydalanishga topshirildi
PHOTO: Telegram

25 may kuni Namangandagi zamonaviy Futbol akademiyasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ushbu muassasani qurish uchun 12 milliard 500 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilib, 154 o‘rinli zamonaviy yotoqxona va barcha sharoitlarga ega oshxona barpo etildi.

Ayni paytda akademiyada 154 nafar yosh futbolchi muntazam mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bu zamonaviy baza yosh iqtidorlarni kashf etish, ularni milliy va xalqaro maydonlarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Futbol akademiyasining faoliyat boshlashi nafaqat Namangan, balki butun mamlakatimizda futbol rivojiga yangi sur’at baxsh etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting