locale OZ

Nagelsmann Shlotterbekning JCh-2026 oxirigacha safdan chiqqaniga munosabat bildirdi

Niko mundial oxirigacha safdan chiqdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nagelsmann Shlotterbekning JCh-2026 oxirigacha safdan chiqqaniga munosabat bildirdi
ФОТО: Getty images

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann himoyachi Niko Shlotterbekning jarohat tufayli jahon chempionati – 2026 oxirigacha safdan chiqqanini izohladi.

«Bizga maydonda ajoyib himoyachi sifatida Shlotti, ayniqsa uning zo‘r o‘yini juda yetishmaydi. Kecha hammamiz unga dalda berishga harakat qildik. Yaxshiyamki, u kelajakka umid bilan qaraydigan juda pozitiv yigit.

Uning yo‘qligiga qaramay, bizda hali ham Jonatan Ta, Antonio Rüdiger, Valdemar Anton va Malik Tshaular bilan juda yaxshi himoya bor», — deya Nagelsmanning so‘zlarini keltiradi Germaniya futbol ittifoqining rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, Shlotterbek Kot-d’Ivuarga qarshi (2:1) o‘yinda to‘piq paylaridan jiddiy jarohat olgani sababli jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

JCh-2026 guruh bosqichining 3-turida Germaniya terma jamoasi 25 iyun kuni Ekvador bilan uchrashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting