locale OZ

Nagelsmann «MYU» boshqaruvini qoʻlga olmaydi — manba

Bunga nemis mutaxassisining DFB bilan tuzgan shartnomasi sabab qilib koʻrsatilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nagelsmann «MYU» boshqaruvini qoʻlga olmaydi — manba
FOTO: Getty Images

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann yaqin kelajakda «Manchester Yunayted» boshqaruvini qo‘lga olishi amrimahol. Manchester Evening News nashri jurnalisti Stiven Raylstonning xabar berishicha, ushbu tayinlov yuz berishi ehtimoli juda past.

Bunga asosiy sabab sifatida murabbiyning Germaniya futbol ittifoqi (DFB) bilan tuzgan amaldagi shartnomasi ko‘rsatilmoqda. Mazkur kelishuv 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Bundan tashqari, yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati Nagelsmannning terma jamoa bilan band bo‘lishini taqozo etadi.

Bu esa uning «Manchester Yunayted»ning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoniga to‘liq jalb etilishiga to‘sqinlik qiladi.

«Manchester Yunayted» rahbariyati bosh murabbiy masalasiga imkon qadar tezroq oydinlik kiritishni maqsad qilgan. Shu sababli, yozga qadar kutish klub uchun noqulay variant hisoblanadi va bu omil muzokaralar uchun jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting