Nagelsmann isteʼfoga chiqmaydi — Skira
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng isteʼfoga chiqishni rejalashtirmayapti.
Uning kelajagi borasidagi qarorni Germaniya Futbol Ittifoqi yaqin kunlarda qabul qiladi, deb xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
38 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Manbaga ko‘ra, DFB boshqaruvi a’zolarining bir qismi milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimida Yurgen Kloppni ko‘rishni istaydi. Shu bilan birga, "Liverpul"ning sobiq murabbiyi bilan rasmiy muzokaralar hozircha o‘tkazilmagan.
Germaniya terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatlarida o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi, 1/16 finalda Paragvayga imkoniyatni boy berdi va mundialdan chiqib ketdi.