Nagelsmann: «Guruh uncha oson emas, lekin yengib oʻtsa boʻladi»
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCh-2026da terma jamoaning guruh bosqichidagi raqiblarini baholadi.
JCh-2026 uchun qur’a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi, unda Germaniya terma jamoasi Ekvador, Kot-d’Ivuar va Kyurasaoga qarshi bir guruhdan joy oldi.
"Guruh uncha oson emas, lekin yengib oʻtsa boʻladigan. Biz guruh bosqichi oʻyinlarida gʻalaba qozonishni maqsad qilganmiz. Eng muhimi, qadam-baqadam harakat qilib, barcha uchrashuvlarni muvaffaqiyatli oʻtkazish va pley-offga chiqishdir.
Har bir raqibga hurmat bilan yondashish kerak. Kyurasao’ni tahlil qilish qiziqarli boʻladi. Kot-d’Ivuar — yengsa boʻladigan jamoa, ammo ularni past baholash xato boʻladi. Ekvadorga qarshi oʻyin ham oson kechmaydi. Ularning tarkibida chinakam yulduzlar bor," — deya Nagelsmannning soʻzlarini keltiradi AP News.