locale OZ

Nagelsmann Germaniya terma jamoasini tark etdi (Romano)

Uning Germaniya futbol federatsiyasi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nagelsmann Germaniya terma jamoasini tark etdi (Romano)
ФОТО: Getty images

Germaniya futbol federatsiyasi Yulian Nagelsmanndni milliy jamoa bosh murabbiyligi lavozimidan ozod qildi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano Bild nashriga tayanib xabar berdi.

38 yoshli Nagelsmann Germaniya terma jamoasini 2023 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning Germaniya futbol federatsiyasi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lgan.

Biroq 2026 yilgi Jahon chempionatida nemislar 1/16 finalda Paragvayga kutilmagan tarzda mag‘lub bo‘lib, musobaqani ertaroq tark etdi. Bu natija mamlakatda katta tanqidlarga sabab bo‘ldi va oqibatda federatsiya murabbiy bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi.

Avvalroq Germaniya futbol federatsiyasi Nagelsmannga shartnoma muddatidan avval bekor qilingani uchun 7 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting