Nagelsman: «Noyer qaytishi haqidagi munozara hozircha befoyda»
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jurnalistlar bilan suhbatda Manuel Noyerning milliy jamoaga ehtimoliy qaytishi borasidagi savollarga javob berdi.
«Bu muhokama hech kim uchun foyda bermaydi. Rostini aytsam, Manuyel uchun ham. U «Bavariya»da xotirjamlikda bo‘lishi kerak, bu gaplar uning yaxshi o‘yinlariga ta’sir qilmasligi lozim. Mening bilishicha, u terma jamoadan rasman iste’fo bergan.
Shunga qaramay, har hafta bu mavzuda soatlab gapirishni tushunmayman. Albatta, u yaxshi o‘ynayapti, lekin hozirgi paytda bizda darvozabon muammosi yo‘q.
Agar ko‘plab narsalar yaxshi ketmasa, yozga borib vaziyat o‘zgarishi mumkin. Lekin hozircha bu muhokama mantiqiy emas», — dedi Nagelsmann.
Ma’lumot uchun, Noyer 2024 yil yozida Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi.