Nabil Bentaleb mavsum oxirida «Lill»ni tark etishi mumkin
Jazoir terma jamoasi yarimhimoyachisi Nabil Bentaleb kelayotgan yozda «Lill»ni tark etishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.
Futbolchining jamoa bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi va hozirda unga xorij klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, Turkiyaning «Beshiktosh» klubi allaqachon xavbekning yaqinlari bilan aloqaga chiqqan. Shuningdek, Turkiyaning yana bir jamoasi ham Bentalebgacha qiziqish ko‘rsatayotgani aytilmoqda.
Yarimhimoyachida faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish imkoniyatlari ham mavjud, bundan tashqari, Liga 1’ning top-klublari va APLning o‘rta pog‘onalaridagi jamoalari vaziyatni kuzatib borishmoqda.
Bentaleb joriy klub mavsumida 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.