locale OZ

«MYU»Tonali bo‘yicha bir qarorga keldi

Romano bu haqda fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MYU Tonali bo‘yicha bir qarorga keldi
ФОТО: Getty images

"Nyukasl" klubi yarim himoyachisi Sandro Tonalining "Manchester Yunayted"ga o‘tishi ehtimoli juda past. Bu haqda Transfer News Live nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, insayder Fabrizio Romanoga tayanib xabar berilishicha, "qizil iblislar" "qarğalar"ning 26 yoshli yulduzini sotib olish fikridan voz kechishgan.

Qayd etilishicha, Sandro Tonali va Lyuis Xollning transferlari "MYU"ga umumiy hisobda 140-150 million yevroga tushishi mumkin edi.

O‘tgani mavsumda Tonali "Nyukasl" safida barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting