locale OZ

Myunxenning \"Bavariya\" klubi himoyachisi Sasha Boeda faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish variantlari bor

25 yoshli fransiyalik futbolchi 2024 yilning yanvarida "Bavariya" safiga qo‘shilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Sasha Boeda faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish variantlari bor
photo: gettyimages

Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Sasha Boeda faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish variantlari bor. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchining transferiga "Nyukasl" va "Kristal Pelas" klublari qiziqish bildirmoqda. Klublardan biriga o‘tish yanvar oyidagi transfer oynasida rasmiylashtirilishi mumkin.

25 yoshli fransiyalik futbolchi 2024 yilning yanvarida "Bavariya" safiga qo‘shilgandi. Himoyachi Myunxen grandi bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma majburiyatlari bo‘yicha bog‘langan. Transfermarkt ekspertlari bahosiga ko‘ra, Boening bozor narxi 15 million yevroni tashkil etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting