locale OZ

MYUning sobiq himoyachisi Saudiya klubiga o‘tishdan bosh tortdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MYUning sobiq himoyachisi Saudiya klubiga o‘tishdan bosh tortdi
Photo: Getty Images

Kot-d’Ivuarlik markaziy himoyachi Erik Bayi Saudiya Arabistonining "Al-Najma" klubi futbolchisiga aylanmaydi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar bo‘ladigan shartnoma bandlari borasida kelishuvga erishgan, biroq yakuniy bosqichda 31 yoshli futbolchi transferdan bosh tortishga qaror qilgan.

Natijada muzokaralar to‘xtatilgan. Bayi yaqinda erkin agentga aylandi – uning "Vilyarreal" bilan shartnomasi 2025 yil 1 iyulda o‘z nihoyasiga yetdi.

Faoliyati davomida u "Espanyol", "Marsel", "Beshiktosh", "Manchester Yunayted" va "Vilyarreal" kabi klublarda o‘ynagan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 2 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting