locale OZ

«MYU»ning Ronalduning jamoaga qaytishi borasida pozitsiyasi maʼlum boʻldi

Avvalroq portugaliyalik yulduz «An Nasr»dagi rivojlanish strategiyasidan koʻngli toʻlmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU»ning Ronalduning jamoaga qaytishi borasida pozitsiyasi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

So‘nggi kunlarda futbol olamida Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»ga qaytishi borasidagi mish-mishlar yana avj ola boshladi. Hatto 40 yoshli hujumchi «qizil iblislar» safida to‘p surish uchun maoshining sezilarli darajada kamayishiga ham rozi ekani aytilayotgan edi. Biroq, TEAMtalk nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, mankunianliklarning yozgi transfer rejasidan portugaliyalik yulduz o‘rin olmagan.

Manbaning ta’kidlashicha, Ronalduning 2022 yilda jamoani tark etishidan oldin bergan shov-shuvli intervyusi tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni butunlay uzib yubormagan. Shunga qaramay, «Yunayted» rahbariyati va murabbiylar shtabi ayni damda faxriy forvardni tarkibga qaytarish variantini ko‘rib chiqmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda Krishtianuning «An Nasr» klubidagi rivojlanish strategiyasidan ko‘ngli to‘lmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Maʼlumot uchun, Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» sharafini ikki davrda (2003–2009 va 2021–2022 yillar) himoya qilgan. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda jami 346 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 145 ta gol va 73 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting