«MYU»ning mag'lubiyatsiz seriyasi 6 ta o'yinga yetdi
Kerrik boshqaruvida jamoa mag'lubiyatsiz odimlamoqda.
ФОТО: Getty images
Angliya Premyer-ligasining 27-turi doirasida “Manchester Yunayted” jamoasi “Everton”ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.
Shu orqali manchesterliklarning bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarayotgan Maykl Kerrik qo'l ostida mag'lubiyatsiz seriyasi olti o'yinga yetdi.
Uchrashuvdagi yagona golni Benjamin Sheshko 71-daqiqada kiritdi.
Mazkur g'alabadan so'ng “qizil iblislar” 48 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
“Manchester Yunayted” navbatdagi bahsni joriy yilning 1 mart kuni o'z maydonida “Kristal Pelas”ga qarshi o'tkazadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist