«MYU»ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
ФОТО: Getty images
Brayan Mbeumo "Manchester Yunayted"da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 26 yoshli kamerunlik hujumchi avgust oyi yakunlariga ko‘ra, muxlislar ovoz berishida g‘alaba qozondi.
Jamoada ilk oyi bilek sovrinni qo‘lga kiritdi. U himoyachilar Matteys de Ligt va Leni Yoronni ortda qoldirdi.
Mbeumo "Manchester Yunayted"ga yozda "Brentford"dan 65+6 mln funt evaziga o‘tgandi. Avgust oyida u 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist