locale OZ

«MYU»ning Angliya Liga kubogi 2-bosqichidagi raqibi ma'lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU»ning Angliya Liga kubogi 2-bosqichidagi raqibi ma'lum
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted" Angliya Liga Kubogining 2025/26 yilgi mavsumi 2-bosqichida "Grimsbi Taun" mehmoni bo'ladi.

Ushbu bosqichdan boshlab Yevrokuboklarda ishtirok etmaydigan Angliya chempionatining yuqori divizioni klublari sovrin uchun kurashga kirishadi. "MYU" o'tgan mavsumda APLda 15-o'rinni egallagan edi.

Ikkinchi liga (to'rtinchi daraja) vakili "Grimsbi" o'z maydonida birinchi raundda "Shrusberi Taun"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Angliya Liga kubogini "Nyukasl" klubi qo'lga kiritgandi. Finalda "Liverpul"dan ustun kelgandi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting