locale OZ

«MYU»ning 2026 yilgi asosiy transfer maqsadi maʼlum boʻldi

Hozirda mankunianliklar futbolchining vakillari bilan aloqada boʻlib turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU»ning 2026 yilgi asosiy transfer maqsadi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» o‘tgan yil yozidan buyon «Brayton»ning tayanch yarimhimoyachisi Karlos Baleba vakillari bilan aloqada bo‘lib kelmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, kamerunlik futbolchi mankunianlar tomonidan 2026 yil uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Biroq joriy oy davomida klub yangi taklif bilan chiqmagan va «Brayton» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga kirishmagan. «Brayton» esa Balebani kamida ushbu mavsum oxirigacha jamoada saqlab qolmoqchi.

Karlos Baleba 2023 yil avgustida «Lill»dan «Brayton»ga 27 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning ingliz klubi bilan tuzilgan shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Baleba klub safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushgan, biroq hozircha gol yoki golli uzatma qayd eta olmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting