locale OZ

«MYU»ni boshqarishi kutilayotgan asosiy nomzod nomi maʼlum boʻldi — manba

Avvalroq mankunianliklar Amorimni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU»ni boshqarishi kutilayotgan asosiy nomzod nomi maʼlum boʻldi — manba
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» rahbariyati bosh murabbiylikka Ole-Gunnar Sulsher nomzodini asosiy va eng ustuvor variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub hozircha Sulsherni vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida tayinlashni rejalashtirmoqda. Kecha, 6 yanvar kuni, «Manchester Yunayted» rahbariyati norvegiyalik mutaxassis bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Joriy haftada jamoani vaqtincha Darren Fletcher boshqaradi. Eslatib o‘tamiz, Sulsher «qizil iblislar»ni 2018–2021 yillarda boshqargan.

5 yanvar kuni klub Ruben Amorim bilan shartnomani bekor qilganini rasman e’lon qilgan edi. Portugaliyalik mutaxassis «MYU»da 2024 yil 11 noyabrdan 2026 yil 5 yanvargacha ishlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting