locale OZ

Myuller: «Real» oʻtgan yilgidek kuchli emas, ammo ularning tarkibida hali ham koʻplab ajoyib oʻyinchilar bor»

«Bavariya»ning sobiq yarimhimoyachisi «Real»ga qarshi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Myuller: «Real» oʻtgan yilgidek kuchli emas, ammo ularning tarkibida hali ham koʻplab ajoyib oʻyinchilar bor»
FOTO: Getty Images

«Bavariya»ning sobiq yarimhimoyachisi Tomas Myuller Myunxen jamoasining UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘yin 14 aprel kuni «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Rostini aytsam, «Real» bu yil o‘tgan yilgidek kuchli emas, ammo ularning tarkibida hali ham ko‘plab ajoyib o‘yinchilar bor. Ular har doim raqibga zarba berishlari va xavf tug‘dirishlari mumkin.

«Bavariya» uchun butun mavsum omadli kechdi va jamoa navbatdagi qadamni tashlashga tayyor ekani sezilib turibdi. Yarim finalga chiqish imkoniyatlari, shubhasiz, yuqori, biroq avval so‘nggi qadamni bosish kerak.

Bunday o‘yinlarda ko‘tarilish va pasayishlar bo‘lib turadi, hamma narsa bir tekisda kechmaydi. «Bavariya» bu mavsumda juda barqaror o‘yin ko‘rsatdi. Omadli kelmagan vaziyat, noaniq uzatma yoki o‘z darvozingdan o‘tkazib yuborilgan gol seni muvozanatdan chiqarib yubormasligi uchun aynan mana shu barqarorlik kerak bo‘ladi», — deya Myullerning so‘zlarini keltirmoqda Sport1.de.

Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuv «Bavariya»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting