locale OZ

Myuller: «Messining hozirgi oʻyin uslubi JCh-2026da ish beradimi yoki yoʻq, bilmayman»

Germaniyalik futbolchi argentinalik yulduz haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Myuller: «Messining hozirgi oʻyin uslubi JCh-2026da ish beradimi yoki yoʻq, bilmayman»
FOTO: Getty Images

Germaniyalik futbolchi Tomas Myuller Lionel Messining 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish ehtimoli va uning Argentina terma jamoasiga ta’siri haqida fikr bildirdi.

Ayni paytda Argentina terma jamoasi yetakchisi Messi mundialda o‘ynashini rasman tasdiqlaganicha yo‘q. 38 yoshli hujumchi bungacha besh bor Jahon chempionatida qatnashgan bo‘lib, 2022 yilda ushbu turnirda g‘olib chiqqan.

«Agar u Jahon chempionatida o‘ynasa, bu juda qiziqarli bo‘lardi. Bu kuchlar nisbatini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin. Biroq bu Argentina terma jamoasini kuchliroq yoki aksincha, kuchsizroq qiladimi — bunga aniq ishonchim yo‘q.

Men Messiga MLS finalida qarshi o‘ynaganman — u to‘pni qabul qilgan paytlarda darhol jonlanib ketardi. To‘g‘ri pozitsiyalarni egallagan holda hujumdagi harakatlarni o‘zi boshlab berardi. Ammo uning hozirgi o‘yin uslubi xalqaro futbolning eng yuqori darajasida qay darajada samarali bo‘lishiga ishonchim komil emas. Shunday bo‘lsa-da, Argentina mening nazarimda chempionlikka asosiy da’vogarlar qatorida yuqori o‘rinda turadi», — deya Myullerning so‘zlarini keltiradi Yahoo Sports.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting