«MYU»ga Romero kerak
"Manchester United" "Tottenhem" himoyachisi Kristian Romeroni nishonga oldi.
Jurnalist Gaston Edulning ijtimoiy tarmoqdagi ma'lumotiga ko'ra, "qizil iblislar" 28 yoshli argentinalikni bu yozdagi asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.
"Man United" bosh murabbiyi Maykl Kerrik uning tajribasi va mahorati tufayli Romeroni jamoa himoyasini kuchaytirish uchun ideal nomzod deb hisoblaydi. Romeroning o'zi avvalroq bu yozda "Tottenhem"ni tark etish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyorligini bildirgandi.
2025/2026 yilgi mavsumda himoyachi 32 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Tottenhem" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko'ra, Romeroning bozor narxi 45 million yevroni tashkil etadi.