locale OZ

«MYU»ga Martinez kerak

Transfer qishda amalga oshishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYU"ga Martinez kerak
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" rahbariyati qishki transfer oynasi vaqtida yangi darvozabon sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" mohir darvozabonga ehtiyoj sezmoqda. Shu bois klub "Aston Villa" kiperi Emiliano Martinezga ko'z tikkan.

Yozda jamoa o'z safiga "Antwerpen"dan Senne Lammensni qo'shib olgan edi. Biroq Ruben Amorim yanada tajribali kiperga ehtiyoj borligini rahbariyatga ma'lum qilgan.

33 yoshli darvozabon 2020 yildan beri "Aston Villa" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting