«MYU»ga Gallagher kerak
Gallagherning ehtimoliy transferi taxminan 60 million yevroga baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
"Atletiko" klubi xavbeki Conor Gallagher tumanli "Albion"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Express xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ingliz yarim himoyachisini "Manchester Yunayted" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Qizil iblislar" Gallagher’ni kelasi yil yozida mankunianliklarni tark etishi mumkin bo‘lgan braziliyalik Casemiroga muqobil sifatida ko‘rmoqda.
Gallagherning ehtimoliy transferi taxminan 60 million yevroga baholanmoqda.
Shuningdek, unga “Aston Villa” jamoasi ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchi yakuniy qarorga kelmagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist