locale OZ

«MYu» Zirkzee uchun narx belgiladi

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYu» Zirkzee uchun narx belgiladi
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" niderlandiyalik hujumchi Joshua Zirkzee bilan qishda xayrlashishi mumkin.

Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "qizil iblislar" 24 yoshli futbolchini 45 million yevroga baholagan.

Futbolchining xizmatlariga "Roma" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq Rim klubi Zirkzeeni sotib olish huquqisiz ijaraga olishni rejalashtirgan.

"Manchester Yunayted" esa bunday variantdan qoniqmayapti.

Joshua Zirkzee joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo'lgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting