«MYU» «Yuventus» futbolchisi uchun 100 million yevrolik taklif tayyorlamoqda
«Manchester Yunayted» APL klublari orasida raqobatchilarini ortda qoldirib, «Yuventus» yarimhimoyachisi Kenan Yildizni sotib olish uchun 100 million yevro taklif qilmoqchi. Shu bilan birga, futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi ham qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi TEAMtalk.
20 yoshli Yildiz hali «Yuventus» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamaganligi sababli, APL klublari e’tiborini tortmoqda. Tomonlar bir necha bor muzokaralar olib borgan, ammo kelishuvga erisha olishmagan.
«Manchester Yunayted» raqobatchilarini hayratda qoldirish va Yildizni sotib olish imkoniyatini yaratish uchun foydali taklif tayyorlamoqda. Klub rasmiylari bu summa «Yuventus»ni o‘z yulduz futbolchisini qo‘yib yuborishga ishontiradi, deb hisoblamoqda.
Shuningdek, «Yunayted» futbolchiga moliyaviy paket ham taqdim eta oladi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Yildiz Benyamin Sheshko, Brayen Mbemo va Brunu Fernandesh bilan hujumiy chiziqda samarali juftlik yaratishi mumkin. Agar u «Old Trafford»ga o‘tadigan bo‘lsa, turk futbolchisi chap qanot hujumchisi sifatida 10-raqam ostida Mateus Kunya bilan raqobatlashadi.