«MYU» yarimhimoyachisi «Hall Siti»ga oʻtishga yaqin turibdi
Transfer 19 yanvar kuni eʼlon qilinishi kutilmoqda.
FOTO: Getty Images
«Hall Siti» «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Tobi Kollayerni mavsum oxirigacha ijaraga olish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Hull Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Hall Siti» futbolchining transferini 19 yanvar, dushanba kuni rasman yakunlashni rejalashtirmoqda.
Kollayer joriy mavsumning birinchi qismini ijara asosida «Vest Bromvich» safida o‘tkazdi. U Chempionship doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma bilan ajralib turdi.
Yarimhimoyachi 2022 yildan buyon «Manchester Yunayted» tizimida faoliyat yuritmoqda. Shu vaqt ichida u mankunianliklarning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda ishtirok etgan, biroq samarali harakatlar qayd eta olmagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist