«MYU» yangi murabbiy izlashni boshladi
«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa bosh murabbiyini almashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Indykaila News nashri klub ichidagi manbalariga tayanib xabar berishicha, «qizil iblislar» yangi bosh murabbiy izlash jarayonini boshlagan. Yaqin kelajakda Manchester klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berishi mumkin.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Manchester Yunayted» rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Maykl Kerrik jamoani yangi bosqichga olib chiqa olishiga ishonmayapti.
Nashr vaziyatni shunday ta’riflamoqdaki, Kerrikning o‘z lavozimini saqlab qolishi uchun deyarli mo‘jiza ro‘y berishi kerak.
Shuningdek, germaniyalik mutaxassis Yulian Nagelsmannning vakillari «Manchester Yunayted» bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekani aytilmoqda.