locale OZ

«MYU» yangi bosh murabbiy lavozimiga Roberto Martines nomzodini koʻrib chiqmoqda

Hozirda jamoani vaqtincha Maykl Kerrik boshqarmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» yangi bosh murabbiy lavozimiga Roberto Martines nomzodini koʻrib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» jamoaning yangi bosh murabbiyi lavozimiga Roberto Martines nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Ispaniyalik mutaxassis «qizil iblislar»ning qisqa ro‘yxatidan joy olgan, chunki uning Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

52 yoshli mutaxassis 2023 yilning yanvaridan buyon Portugaliya milliy terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Martinesning amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil iyul oyi oxirigacha amal qiladi. Uning qo‘l ostida Portugaliya terma jamoasi 2025 yilda Millatlar ligasida g‘olib chiqdi.

Hozirda «Manchester Yunayted»ning amaldagi bosh murabbiyi Maykl Kerrik hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar imzolangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting