«MYU» Wharton uchun katta pul sarflashga tayyor
Klub "Kristal Peles"ning yosh iste'dodi uchun 69 million yevro to'lashga tayyor.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Kristal Peles" tayanch yarim himoyachisi Adam Whartonni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Mirror Football xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" maydon markazini kuchaytirish uchun faol harakat qilmoqda. Rahbariyat 21 yoshli Whartonni o'z safiga qo'shib olishni ko'zlagan.
Klub "Kristal Peles"ning yosh iste'dodi uchun 69 million yevro to'lashga tayyor.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda ishtirok etdi va o'z hisobiga bitta assist yozdirib qo'ydi. Yarim himoyachining "burgutlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist