«MYU» «Vest Hem» yulduzlariga koʻz tikmoqda
«Manchester Yunayted» klubi kelayotgan yozgi transfer oynasida «Vest Hem» vingeri Jarrod Bouen hamda jamoa yarim himoyachisi Mateush Fernandeshni sotib olish variantini koʻrib chiqmoqda.
Agar London klubi joriy mavsum yakunlariga koʻra Angliya Premyer-ligasini tark etadigan boʻlsa, «qizil iblislar» ushbu futbolchilar boʻyicha harakatlarni faollashtirishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, qiziqishlarga qaramay, Bouen mankunianliklarning yozgi transferlar uchun asosiy va birinchi darajali nishoni hisoblanmaydi. «Manchester Yunayted» koʻproq Fernandeshni oʻz safiga qoʻshib olishga ishtiyoq bildirmoqda.
Qayd etilishicha, «bolgʻachilar» portugaliyalik futbolchi uchun taxminan 50 million funt sterling (58 million yevro) talab qilishlari mumkin.