locale OZ

«MYU» vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimiga yangi nomzod bilan muzokara olib bordi — Romano

Avvalroq mankunianliklar Amorimni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimiga yangi nomzod bilan muzokara olib bordi — Romano
FOTO: Getty Images

Jurnalist va insayder Fabritsio Romano sobiq «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Maykl Kerrik katta ehtimol bilan «qizil iblislar»ning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlanishini ma’lum qildi. U ushbu lavozimda hozircha jamoani boshqarib turgan Darren Fletcherni oʻrniga keladi.

Manbaga ko‘ra, Kerrik klub rahbariyatida muhim rol o‘ynayotgan INEOS kompaniyasi hamda «Manchester Yunayted» boshqaruvi bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli o‘tkazgan va ayni paytda asosiy nomzodlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda.

Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» yangi murabbiy nomini joriy hafta e’lon qiladi. Kerrikning o‘zi ushbu lavozimni egallashga umid qilmoqda. Avvalroq vaqtinchalik bosh murabbiylikka asosiy da’vogar sifatida tilga olingan norvegiyalik mutaxassis Ole-Gunnar Sulsher ham rahbariyat qarorini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni klub Ruben Amorim bilan xayrlashganini rasman e’lon qilgandi. Portugaliyalik mutaxassis «Manchester Yunayted»ni 2024 yil 11 noyabrdan 2026 yil 5 yanvargacha boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting