MYU van de Venni sotib olishi mumkin
“Manchester Yunayted” himoyachi Mikki van de Venni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bu transfer faqat “Tottenhem” APLdan tushib ketgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Agar “shporlar” elita divizionda qolsa, mankunianliklar rasmiy taklif bilan chiqmaydi.
Manbaga ko‘ra, agar "Tottenhem" Premer-ligada qolsa, van de Ven klub bilan yangi shartnoma imzolashi ehtimoli yuqori. Shu bilan birga, agar “Liverpul” tomonidan taklif bo‘lsa, 25 yoshli himoyachi mersisaydliklar safiga o‘tishni afzal ko‘radi. Hozircha “qizillar” futbolchi transferi bo‘yicha rasmiy murojaat qilmagan.
Joriy mavsumda van de Ven barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroga baholanmoqda.