«MYU» van de Venni o'z safiga qoʻshib olmoqchi
«Manchester Yunayted» klubi «Tottenhem» markaziy himoyachisi Mikki van de Ven nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» 25 yoshli futbolchining tezligi, to‘p bilan harakatlanishi va to‘pni olib qo‘yish qobiliyatini yuqori baholamoqda.
Biroq niderlandiyalik futbolchi uchun kurashda «Liverpul» mankunianliklarga raqobat tug‘dirishi mumkin.
Joriy mavsumda van de Ven barcha turnirlar doirasida 40 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.