«MYU» va «Liverpul» Tyuram uchun kurashga qoʻshildi
«Manchester Yunayted» va «Liverpul» «Yuventus»ning markaziy yarimhimoyachisi Kefren Tyuram-Yuliyenni yozgi transfer oynasidagi ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilab oldi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Ingliz grandlari fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni istayotgan bo‘lsa-da, bu transfer oson kechmasligi aniq.
Manbaning yozishicha, 24 yoshli futbolchi Turin klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga yaqin turibdi. «Yuventus» rahbariyati Tyuramni jamoaning yangi davrdagi «poydevor o‘yinchisi» sifatida ko‘rmoqda.
Maʼlumot uchun, Tyuram joriy mavsum barcha turnirlarda 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.