«MYU» va «Liverpul» Tryufferni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
«Bornmut»ning chap qanot himoyachisi Adrien Tryuffer Angliya Premyer-ligasining grand klublari qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli fransiyalik futbolchini «Manchester Yunayted» va «Liverpul» o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. «Bornmut» Tryufferning transferini taxminan 70,74 million yevroga baholamoqda. Biroq klub yanvar oyida futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Qayd etilishicha, Tryuffer uchun asosiy transfer kurashi kelasi yozda kechishi kutilmoqda. Angliyaning ikki grandidan tashqari, himoyachiga «Aston Villa», «Benfika», «Bavariya» va «Milan» ham qiziqish bildirmoqda.
Tryuffer joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.