«MYU» va «Liverpul» Chuameni uchun 12 mln yevro maosh berishga tayyor
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 75 mln yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari “Real” yarim himoyachisi Orelien Chuameniga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Defensa Central xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ingliz klublari fransiyalik futbolchiga yiliga 12 mln yevro maosh to'lashga tayyor.
Biroq Madrid klubi 26 yoshli futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqmayapti. Chuameni "qaymoqranglilar"da qolishni istamoqda.
Joriy mavsumda Orelien barcha turnirlarda 41 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 75 mln yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist