«MYu» va «Chelsi» Garnacho borasida kelisha olmayapti
Photo: Getty Images
“Manchester Yunayted” va “Chelsi” argentinalik futbolchi Alejandro Garnachoning transferi bo‘yicha ish olib bormoqda.
Football.London nashrining ma’lum qilishicha, tomonlar 21 yoshli qanot hujumchisining transferi uchun tovon puli miqdorida kelisha olmadi.
Manbaga ko‘ra, manchesterliklar o‘z futbolchisini 50 million funtga baholamoqda. “Chelsi” klubi vakillari esa, “Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgan o‘yinchi uchun 30 million yevrodan ortiq to‘lamasligini bildirgan.
Alejandroning klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha tuzilgan. Biroq jamoani Ruben Amorim qabul qilib olganidan so‘ng Garnacho murabbiylar shtabi uchun keraksiz futbolchiga aylanib qoldi.
Bahrom Bobonov
Redaktor