locale OZ

«MYu» va «Chelsi» Adams uchun kurashadi

Taylerning hozirda Transfermarkt portalidagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYu» va «Chelsi» Adams uchun kurashadi
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" va "Chelsi" "Bornmut" futbolchisi Tayler Adamsni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda. Bu haqda "Caught Offside" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Bornmut" Adams transferidan 30-40 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.

26 yoshli futbolchining qishki transfer oynasida yangi klubga o‘tish ehtimoli kamroq. Lekin transfer kelasi yozda amalga oshishi kutilmoqda.

Taylerning hozirda Transfermarkt portalidagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda. Joriy mavsum "Giloslar" safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting