locale OZ

«MYU» va Braziliya konfederatsiyasi o‘rtasida Kunya borasida hech qanday kelishuv mavjud emas

Ushbu xabardan futbolchining oʻzi ham hayratda qolgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» va Braziliya konfederatsiyasi o‘rtasida Kunya borasida hech qanday kelishuv mavjud emas
FOTO: Getty Images

Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) hamda «Manchester Yunayted» klubi o‘rtasida hujumchi Mateus Kunyaga mavsumning qolgan qismida qo‘shimcha dam berish borasida hech qanday kelishuv tuzilmagan. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar bermoqda.

Ushbu xabar futbolchining o‘zini ham hayratda qoldirdi — Kunya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotga kulayotgan emodzi orqali munosabat bildirdi.

Mavsumning qolgan o‘yinlarida mankunianliklar 9 may kuni safarda «Sanderlend»ga qarshi maydonga tushishadi, 17 mayda «Nottingem Forest»ni qabul qilishadi va 24 may kuni «Brayton» mehmoni bo‘lishadi.

Joriy mavsumda Mateus Kunya klub safida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi «C» guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya milliy jamoalari bilan kuch sinashadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting