«MYU» va «Betis» Antoni borasida kelisha olmadi
Фото: Getty Images
"Betis" klubi "Manchester United" vingeri Antoni transferi bo‘yicha taklifini qaytarib oldi va muzokaralardan voz kechdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Antonining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilmagan, ingliz klubi tomonidan qo‘yilgan shartlar tufayli transfer amalga oshmaydi.
"Antoni bo‘yicha hech qanday kelishuv yo‘q va biz taklifni qaytarib oldik. Biz "Manchester United"ning talablarini bajara olmaymiz", – deyiladi xabarda.
Avvalroq tomonlar uning ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist