«MYu» va «Atletiko» Gomesga qiziqmoqda
"Portu" hujumchisi Villiam Gomes Yevropaning bir nechta yetakchi klublari qiziqish doirasiga tushdi.
AS nashri xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 20 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliya Premer-ligasining bronza medali sohibi Gomesni qanotlarni kuchaytirish uchun variant sifatida ko'rmoqda.
"Manchester Yunayted"dan tashqari, yosh futbolchini Madridning "Atletiko" klubi, shuningdek, "Arsenal", "Nyukasl" va "Roma" ham kuzatib bormoqda. Biroq, manbaning xabar berishicha, transferni amalga oshirishga bo'lgan har qanday urinish murakkab bo'ladi.
Portugaliya tomoni Gomesning transferini muhokama qilmoqchi emas va uni faqat 80 million yevro miqdoridagi tovon puli evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
2025/2026 yilgi mavsumda Gomes 46 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.