locale OZ

\"MYu\" va \"An-Nasr\" Ruizga qiziqib qoldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYu" va "An-Nasr" Ruizga qiziqib qoldi
Photo: Getty Images

Fabian Ruizga bir necha klublar qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Foot Mercato xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, xavbekka "Manchester Yunayted" va "An-Nasr" klublari tomonidan qiziqish bo‘lmoqda. Ular Ruizni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

"PSJ" va ispaniyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, fransuz klubi bosh murabbiyi Luis Enrike juda qadrlaydigan va asosiy tarkibning muhim bo‘g‘ini sanalgan ispaniyalik futbolchiga umid bog‘lamoqda.

O‘tgan mavsumda Fabian Liga 1da 30ta o‘yinda 4ta gol va 5ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting