locale OZ

\"MYu\" Uotkinsga qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYu" Uotkinsga qiziqish bildirmoqda
Photo: Getty Images

"Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkins faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda The Athletic.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" vakillari 25 yoshli ingliz futbolchisini sotib olish masalasida allaqachon birmingemliklar bilan bog‘langan. U tarkibda Rasmus Hoylund o‘rnini egallashi rejalashtirilgan.

"Aston Villa" esa Uotkins uchun 70 million yevro olishni mo‘ljallamoqda. Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Uotkins 2024/25 yilgi mavsumda "Aston Villa" safida 54 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting