\"MYU\" Uotkins bilan muzokaralarni boshladi
Photo: Getty Images
"Manchester Yunayted" Olli Uotkins transferi bo‘yicha yangi muzokaralar olib bordi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar” Olli-ni o‘z safiga qo‘shib olishni istaydi. Ammo uning transfer qiymati biroz qimmat deb hisoblanmoqda.
"Aston Villa" o‘z hujumchisini 60 mln funtga baholamoqda. Biroq narx pasaytirilsa, muzokaralarni davom ettirishga tayyor.
"Aston Villa" esa, o‘z navbatida, Uotkinsga o‘rinbosar topmaguncha muzokaralarda yon berishni rejalashtirmayapti. Nomzodlardan biri "Chelsi" forvardi Nikolas Jekson.
2024/25 yilgi mavsumda Uotkins APLda 38 ta o‘yinda 16 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Bahrom Bobonov
Redaktor