locale OZ

MYU tarixidagi eng qimmat transfer amalga oshishi mumkin

Mankunianliklar ustozi Ruben Amorimning shaxsan o‘zi mazkur transfer ustida ishlamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MYU tarixidagi eng qimmat transfer amalga oshishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Manchester Yunayted” klubi “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Andersonga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar ustozi Ruben Amorimning shaxsan o‘zi mazkur transfer ustida ishlamoqda.

“Nottingem Forest” 22 yoshli futbolchini faqat 100–120 million funt sterling (taxminan 114–134 million yevro) evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Agar mazkur transfer amalga oshsa, bu “Manchester Yunayted” tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi. Klubning hozirgi transfer rekordi 2016-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda “Yuventus”dan Pol Pogba 105 million yevro evaziga sotib olingandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting