locale OZ

«MYU» Summervillga uzoq yillik shartnoma taklif qildi

Summervillning ayni paytdagi bozor bahosi 35 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYU" Summervillga uzoq yillik shartnoma taklif qildi
ФОТО: Getty images

"Vest Xem" klubining qanot hujumchisi Krisensio Summervill faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira e'lon qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" niderlandiyalik futbolchiga 2031 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma taklif qilgan.

Shuningdek, "qizil iblislar" 24 yoshli vingerning transferi borasida "Vest Xem" klubi bilan ham muzokaralarga kirishgan.

Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda Summervill barcha musobaqalarda jami 34 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Transfermarkt portali bergan ma'lumotlarga ko'ra, Summervillning ayni paytdagi bozor bahosi 35 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting